O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Eng arzon kontrakt miqdori 7,4 mln so‘m, eng qimmati esa 14 mln 627 ming so‘mni tashkil etmoqda

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qildi.
Bu yil eng arzon kontrakt miqdori 7,4 mln so‘mni tashkil etmoqda, eng qimmati esa 14,6 mln so‘m.
Bunda 1-kurslar to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 25%ini 30-oktabrgacha to‘lashi mumkin.
Shuningdek, respublika OTMlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari — 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.
Avvalroq O‘zbekiston OTMlarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (“super kontrakt”) miqdori endi muassasa rektorlari tomonidan belgilanishi xabar qilingandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ