4.1.2025 | 17:22
Raqobat Qo‘mitasiga 2024-yilda Navoiy shahridan 991 ta murojaat kelib tushgan
Yil davomida qo‘mita iste’molchilarga 1,9 mlrd so‘mlik mablag‘ni undirib bergan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘tgan 2024-yil davomida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga iste’molchilar foydasiga 1,9 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni undirib bergan. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Shuningdek, yil davomida Navoiy shahridan 991 ta murojaat kelib tushgan, jumladan, jismoniy shaxslardan 986 ta, yuridik shaxslardan 5 ta shikoyat arizasi berilgan.
Murojaatlarning yo‘nalishlari quyidagicha:
- Uy-joy, kommunal va transport sohasi – 447 ta
- Savdo va umumiy ovqatlanish sohasi – 251 ta
- Aloqa va ijtimoiy xizmatlar sohasi – 171 ta
- Reklama va boshqa sohalar – 122 ta
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ