Oʻzbekistonda 2024-yilda kambagʻallik darajasi 8,9% ni tashkil qildi
2023-yilda koʻrsatkich 11% ni tashkil qilgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Oʻzbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambagʻallik darajasi 8,9% ni tashkil qilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlarga tayanib ma’lum qildi.
Ayni vaqtda mamlakatda 3,3 mln kambag’al oila vakillari istiqomat qilmoqda. Natija 2,1% ga yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan.
Kambagʻallik darajasi eng yuqori pasayish koʻrsatkichlari:
- Buxoro viloyatida — 11,8% dan 8,7% gacha;
- Samarqand viloyatida — 10,5% dan 7,5% gacha;
- Namangan viloyatida — 10,4% dan 7,6% gacha;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 13,6% dan 10,8% gacha qayd etildi.
2024-yilda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralar mamlakatda kambagʻallik darajasini pasaytirishga katta hissa qoʻshdi.
Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7% ga oʻsib, jon boshiga oyiga oʻrtacha 2,1 mln soʻmdan toʻgʻri keldi (yil boshida – 1,7 mln soʻm).
Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:
- Ish haqi — 42,6% (2023-yilga nisbatan +0,7% yuqori);
- Tadbirkorlikdan daromadlar — 22,9% (+1,5% yuqori);
- Pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar — 18,2% (-0,7%past);
- Qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar — 10,7% (+0,9% past);
- Xorijdan pul o‘tkazmalar — 2,0% (-1,1% past);
- Boshqa daromadlar — 3,6% (-1,3% past).
Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9% ga koʻpaygan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ