1.12.2025 | 16:52
O‘zbekistonda dollar kursi tusha boshladi
Markaziy bank 2-dekabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 2-dekabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 45,38 so’mga tushib, 11 895, 57 so‘mga yetdi. Yevro esa 13 826,22 so’mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 15 741,41 so‘m (-31,39);
- rubl — 152,98 so‘m (+0,3);
- Xitoy yuani — 1 682,09 so‘m (-5,63);
- Yaponiya iyenasi — 76,60 so‘m (+0,22);
- Qozog‘iston tengesi — 23,19 so‘m (-0,19).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ