Chinozda 18 mlrd so’mlik zamonaviy markaz ishga tushdi

Bu loyihaning ikkinchi bosqichi 2025-yilgacha yakunlanadi

Chinozda 18 mlrd so’mlik zamonaviy markaz ishga tushdi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida zamonaviy gastronomik, turistik va logistik markaz foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.

Majmua umumiy qiymati 18 mlrd so’mlik restoran, hostel, hammom, avtoturargoh va avtoyuvish shoxobchalaridan iborat.

Loyihaning ikkinchi bosqichi 2025-yil 1-yanvarga qadar yakunlanadi. Bu davrda 200 ta avtomobilga mo‘ljallangan keng avtoturargoh, katta yuk mashinalari va yengil mashinalar uchun avtoyuvish hamda texnik xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Markaz xalqaro yuk va yo‘lovchi transportlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, hududning turizm va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yandex Uzbekistan” “Lavka” yetkazish xizmatini yo’lga qo’ydi
/
“Yandex Uzbekistan” “Lavka” yetkazish xizmatini yo’lga qo’ydi
Joriy yilning to’qqiz oyida xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,6 baravarga oshgan
/
Joriy yilning to’qqiz oyida xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,6 baravarga oshgan
O’zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda