O‘zbekistonda 2025-yilda 16 ta yangi avtovokzal va avtostansiyalar quriladi
Shuningdek, jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etiladi
Фото: Министерство транспорта
2025-yilda hududlarda jamoat transporti tizimi rivojlantiriladi, xususan, 16 ta yangi avtovokzal va avtostansiyalar quriladi. Bu haqdagi davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Dasturda jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etilishi ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, jamoat transportida elektron to‘lovlarni oshirish va elektron to‘lovlar ulushini o‘rtacha 30% ga yetkazish (hozir 15%) rejalashtirilgan.
Hududlarda jamoat transporti uchun jami 700 ta yangi zamonaviy avtobus xarid qilinadi.
Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yo‘laklarini 150 km ga yetkazish nazarda tutilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ