Raqobat Qo‘mitasi 15 dan ortiq tijorat banklarining reklama faoliyatini o‘rgandi

Xususan, o‘tgan yilda qator banklarga moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan

Raqobat Qo‘mitasi 15 dan ortiq tijorat banklarining reklama faoliyatini o‘rgandi

O‘tgan 2024-yil davomida 15 dan ortiq tijorat banklarining reklama qonunchiligiga rioya etish holatlari ko‘rib chiqildi. Bu haqda Raqobat Qo‘mitasi xabar bermoqda

Jumladan, o‘tgan yilning iyul oyi o‘rtalarida “Ipoteka bank” ATIBning Instagram sahifasida 26% stavka bilan depozit mahsulotini noto’g’ri reklama qilingani aniqlangan. Oy oxiriga kelib esa Raqobat Qo‘mitasi “Orient Finans Bank” ni noqonuniy tashqi reklama uchun jarimaga tortdi. 

Avgust oyida kelib esa “Ipak Yo‘li” ATBning reklamasida “Universal” hissasi haqida muhim ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganligi yuzasidan ish qo‘zg’atilgandi

Oktabr oyida Raqobat Qo‘mitasi kredit shartlarini oshkor qilish talablariga rioya qilmaslik yuzasidan “Hamkorbank”ni jarimaga tortgandi

Shu oyda “Davr bank” ham kreditlarni noto‘g’ri reklama qilgani uchun jarimaga tortilgan edi

Bundan tashqari, quyidagi banklarga ham tegishli choralar ko‘rilgan:

  • “Aloqa Bank” AT (Respublika, Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan);
  • “Asia Alliance bank” ATB (Respublika tomonidan);
  • “AVO bank” AJ (Respublika tomonidan);
  • “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (Respublika tomonidan);
  • “Universal bank” ATB (Respublika tomonidan);
  • “Hayot bank” AJ (Respublika tomonidan);
  • “Invest finans bank” AJ (Respublika tomonidan);
  • “Turon Bank” ATB (Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy organi tomonidan). 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Toshkent metropolitenining 13 ta bekatida kassalar yopildi
/
Toshkent metropolitenining 13 ta bekatida kassalar yopildi