14.7.2025 | 16:35
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank 15-iyul uchun xorijiy valyutalarning yangi kurslarini belgiladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 15-iyul kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
AQSH dollari kursi ko‘tarilib, 12 699,14 so‘mni tashkil etdi (+84,07), yevro ham 93,24 so‘mga qimmatlashib, 14 847,83 so‘mga yetdi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha quyidagi kurslar o‘rnatildi:
- funt sterling — 17 124,79 so‘m (+40,20);
- rubl — 162,16 so‘m (+0,14);
- Xitoy yuani — 1 771,84 so‘m (+12,29);
- Yaponiya iyenasi — 86,22 so‘m (+0,41);
- Qozog‘iston tengesi — 24,21 so‘m (+0,07).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ