13.11.2025 | 16:28
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank 14-noyabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 14-noyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 12,75 so‘mga ko‘tarilib, 11 985,10 so‘mni tashkil etdi. Yevro 71,08 so‘mga qimmatlashdi, Rossiya rubli esa 1,34 so‘mga oshdi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 15 767,6 so‘m (+64,67);
- rubl — 148,86 so‘m (+1,34);
- Xitoy yuani — 1 688,8 so‘m (+6,68);
- Yaponiya iyenasi — 77,56 so‘m (+0,24);
- Qozog‘iston tengesi — 22,91 so‘m (+0,09).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ