Xitoy kompaniyasi Farg’ona viloyatida qiymati $120 mlndan ortiq metallga ishlov berish zavodini quradi

Zavod 2025 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan

Xitoy kompaniyasi Farg’ona viloyatida qiymati $120 mlndan ortiq metallga ishlov berish zavodini quradi

Xitoyning “Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd” kompaniyasi Farg’ona viloyatidagi “Taraqqiyot” sanoat zonasida qiymati  $120 mlndan ortiq metallga ishlov berish zavodini quradi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qo’shma loyiha uch bosqichni o’z ichiga oladi va 500 ta yangi ish o’rinlarini yaratadi. Zavodning dastlabki bosqichi 2025 yilning birinchi choragida ishga tushishi ko‘zda tutilgan. 

Tadbirkor Nosirjon Ro’ziboyevning ta’kidlashicha, qayta ishlanadigan mahsulotlar raqobatbardosh va yuqori sifatli bo’lib, ichki talabni qondira oladi va xalqaro bozorlarga eksport qilinadi.

Bundan tashqari, “Farg’ona metallurgiya zavodi” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi allaqachon ro’yxatdan o’tgan va o’z faoliyatini boshlagan. Tadbir doirasida xitoylik investor bilan shartnoma imzolandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi
/
2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi
Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi
/
Buyuk Britaniyada viza va immigratsiya to‘lovlari oshiriladi
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
/
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi