“Agalarov Development” Toshkentda $113 mlnga turar-joy majmuasini quradi

Loyiha qurilishi shu yilning sentyabr oyida boshlanadi

“Agalarov Development” Toshkentda $113 mlnga turar-joy majmuasini quradi

Ozarbayjonning “Agalarov Development” kompaniyasi Toshkentda $113 mlnlik “Agalarov Residence” nomli majmua quradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha bir nechta 21 qavatli minoralar va bitta asosiy 27 qavatli minorani o’z ichiga oladi. Bu aqlli infratuzilma, qulay avtoturargoh va obodonlashtirilgan ichki maydonga ega 750 ta kvartiraga mo’ljallangan premium apart-mehmonxona. 

Majmua 1,98 gektar maydonda joylashgan bo’lib, binoning umumiy maydoni (GBA) 90 000 kvadrat metr va ijara maydoni (GLA) 60 000 kvadrat metr. Ulardan 5400 kvadrat metri savdo va xizmat ko’rsatish obyektlari, restoranlar va yirik fitness markazi egallaydi. 

Loyihaning qurilishi sentyabr oyida boshlanadi va uch yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan. Kompaniya prezidenti Emin Agalarov, Bokudagi avvalgi “Sea Breeze” loyihasida bo’lgani kabi, ijaraga olish uchun qulay imkoniyatga ega bo’lgan mulkni sotib olish mumkinligini ta’kidladi va “Agalarov Residence” Toshkentdagi eng yorqin ko’chmas mulk obyektlaridan biriga aylanishiga umid bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-avgustdan chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi
/
1-avgustdan chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi
“International Hotel Tashkent” mehmonxonasi Azimut Hotels boshqaruviga o‘tadi
/
“International Hotel Tashkent” mehmonxonasi Azimut Hotels boshqaruviga o‘tadi
ILMA ipoteka obligatsiyalari bozoriga “Tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etmoqda
/
ILMA ipoteka obligatsiyalari bozoriga “Tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etmoqda