2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 273 trln so‘mdan oshdi

Qurilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 14,6% ga oshib, eng yuqori o‘sish Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida qayd etildi

2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 273 trln so‘mdan oshdi

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 273,2 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,6% ga, ya’ni 48 trln so‘mdan ortiq miqdorga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida eng katta qurilish hajmi Toshkent shahrida qayd etilib, bu yerda bajarilgan ishlar qiymati 78,8 trln so‘mni tashkil etdi. Viloyatlar orasida Toshkent viloyati (29,9 trln so‘m), Samarqand (17,4 trln so‘m), Farg‘ona (16,3 trln so‘m) va Buxoro (16,3 trln so‘m) yetakchi bo‘ldi.

Qurilish sur’atlarining eng yuqori o‘sishi Sirdaryo viloyatida kuzatilib, u yerda ko‘rsatkich 36,5% ga oshgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida o‘sish 22,8%, Toshkent shahrida esa 23,4% ni tashkil etdi.

Qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha

Hisobot davrida:

  • binolar va inshootlar qurilishi — 188,8 trln so‘m;
  • fuqarolik obyektlari qurilishi — 56,7 trln so‘m;
  • ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari — 27,7 trln so‘m hajmida bajarilgan.

Tashkilotlar kesimida

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 40,8 trln so‘mlik binolar va inshootlar barpo etilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda o‘sish 17,9% ni tashkil etdi. Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa yirik kompaniyalarda 86,3% lik yuqori sur’atda oshdi.

Kichik korxonalar va mikrofirma­lar hissasiga 78,1 trln so‘mlik binolar va inshootlar qurilishi to‘g‘ri kelib, bu segmentda ham barqaror o‘sish qayd etildi. Norasmiy sektor hissasi 69,9 trln so‘mni tashkil qildi.

Mutaxassislar qurilish sohasidagi ushbu o‘sishni infratuzilma loyihalari, uy-joy qurilishi va investitsiya faolligining oshishi bilan izohlamoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti ilk marta $145 mlrddan oshdi
/
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti ilk marta $145 mlrddan oshdi
Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi
O‘zbekistonda banklarning sof daromadi bir yilda 57% ga oshdi
/
O‘zbekistonda banklarning sof daromadi bir yilda 57% ga oshdi