11-fevraldan metan zapravkalar odatiy rejimda ish boshlaydi — Energetika vazirligi

Tartib 9:00 dan e’tiboran mamlakatdagi barcha gaz quyish shoxobchalariga taalluqli

11-fevraldan metan zapravkalar odatiy rejimda ish boshlaydi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi 11-fevral, chorshanba kuni soat 09:00 dan e’tiboran metan zapravkalar odatdagi ish rejimiga qaytishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, barcha hududlarda, jumladan, vodiy viloyatlarida ham metan zapravkalar bosqichma-bosqich odatdagi rejimda faoliyat yurita boshlaydi.

Avvalroq vazirlik 2-fevraldan metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritishini e’lon qilgandi.

Idora axborotiga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilangan.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika va jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanishi qayd etilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi
/
Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi
1-iyuldan ko‘p kvartirali uy uchun badal vaqtida to‘lanmaganda elektr to‘lovlari vaqtincha to‘xtatiladi
/
1-iyuldan ko‘p kvartirali uy uchun badal vaqtida to‘lanmaganda elektr to‘lovlari vaqtincha to‘xtatiladi
O‘zbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga imtiyozlar beriladi
/
O‘zbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga imtiyozlar beriladi