O’zbekistonda so‘nggi 10 oy ichida qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi

Ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo’yicha “Cobalt” yetakchilikni saqlab qoldi

O’zbekistonda so‘nggi 10 oy ichida qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi

O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 338,195 ming yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda sotuvga tayyorlangan yengil avtomobillarning 134,581 mingtasi “Cobalt” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu barcha modellar ichida eng ko‘p miqdor hisoblanadi.

Shuningdek, 2023-yilda 118,93 mingta “Cobalt” ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2022-yilda esa bu raqamlar 90,239 mingtani tashkil qilgan

Keyingi o‘rinlarda “Damas” (80,541 ming) va “Tracker” (35,283 ming) nisbatan ko‘p ishlab chiqarilgan.

  • Shu bilan birga:
  • “Onix” – 29,094 ming;
  • KIA – 17,054 ming;
  • “Lacyetti-Gentra” – 12,837 ming;
  • “Chery” – 5,950 ming;
  • “Haval” – 2,317 ming;
  • “Lada” – 6 ta;
  • Maxsus yengil avtomobillar – 20,532 mingtani tashkil qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi
/
Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi
O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
/
O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi