YTTB “TBC Uzbekistan”ga $10 mlngacha kredit ajratadi
Mablag'lar yoshlar mikrobizneslari va ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) “TBC Uzbekistan”ga sintetik o’zbek so’mida $10 mlngacha kredit ajratadi. Bu haqda “Kapital.uz”ga “TBC Bank” matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mablag’larning kamida 65% yoshlar mikrobiznesini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilishi rejalashtirilgan. Ajratilgan mablag’larning qariyb 40% ayollar tadbirkorligini moliyalashtirish uchun sarflanadi.
2021 yildan beri YETTB “TBC UZ” aksiyadorlaridan biri hisoblanadi. Gruziyaning yetakchi bank guruhi bo’lgan “TBC Bank Group PLC” sho’ba korxonasi bo’lgan ushbu bank mijozlarga pul o’tkazmalari, kreditlar, depozitlar, bo’lib-bo’lib to’lash, bank kartalari va hisob-kitoblarni to’lash kabi keng ko’lamli raqamli xizmatlarni taklif etadi.
O’zbekiston YETTB investitsiyalari hajmi bo’yicha ketma-ket to’rtinchi yil Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Bugungi kunga kelib, bank 167 ta loyihaga qariyb 4,95 mlrd evro sarmoya kiritdi, ularning katta qismi xususiy biznesni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ