9.4.2026 | 16:26
O‘zbekistonda dollar kursi pasaya boshladi
Markaziy bank 10-aprel uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 10-aprel holatiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 30,3 so‘mga arzonlab, 12 198,28 so‘mni tashkil etdi. Yevro ham 41,49 so‘mga pasayib, 14 241,49 so‘mga tushdi.
Boshqa valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha:
- funt sterling — 16 350,57 so‘m (-66,3);
- rubl — 156,57 so‘m (+0,61);
- yuan — 1 783,17 so‘m (-7,2);
- iyena — 76,73 so‘m (-0,43);
- tenge — 25,51 so‘m (-0,19).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ