Elektromobil quvvatlash stansiyalari va avtobus ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod qilindi

Shuningdek, ayrim soha tovarlariga bojxona imtiyozlari joriy etildi

Elektromobil quvvatlash stansiyalari va avtobus ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod qilindi

30-dekabr kuni O‘zbekiston prezidentining “Aholining alohida turdagi iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, qator tovarlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab bojxona bojidan ozod qilinadi.

Xususan, 2028-yil 1-yanvarga qadar:

  • elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar;
  • pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urug‘i va ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari.

2029-yil 1-yanvarga qadar:

  • respublikada ishlab chiqarilmaydigan nasldor ona baliq, baliq uvuldirig‘i, lichinka hamda inkubatsiya, laboratoriya, intensiv usulda baliq yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna va ularning ehtiyot qismlari, tirik baliq tashuvchi transport vositalari, baliqlar uchun omuxta yem ishlab chiqarish va baliqni qayta ishlash uskunalari;
  • avtobuslar va elektrobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika qilish, yuvib-tozalash va ta’mirlash uchun ishlatiladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, avtobus ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va materiallar.

2031-yil 1-yanvarga qadar maishiy, qurilish, tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya Qilish Hamda biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonida foydalaniladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtningo‘zida javob beradigan soliq to‘lovchilar uchun mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida belgilanadi:

  • chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90% ini tashkil etgan bo‘lsa;
  • har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblangan bo‘lsa.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
/
Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi
/
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi