O‘zbekistonda 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 10% ga oshirilmoqda

Shu sababli yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham qimmatlashadi (ro‘yxat)

O‘zbekistonda 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 10% ga oshirilmoqda

O‘zbekistonda 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 10% ga — 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshiriladi. U soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.

Shu tariqa, xuddi shu sanadan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning quyidagi miqdorlari qo‘llanadi:

  • xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m;
  • dori qutisi, nimcha, o‘t o‘chirgich, avariya to‘xtash belgisi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m;
  • yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik, piyodalar yo‘lakchasida harakatlanish uchun jarima — 206 ming so‘m;
  • hujjatsiz yurganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;
  • sug‘urtasiz yurganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;
  • qizil chiroqda o‘tganlik uchun jarima — 1 mln 236 ming so‘m;
  • belgilanmagan joyda to‘xtash uchun jarima — 824 ming so‘m;
  • rulda telefondan foydalanganlik va gaplashganlik uchun jarima — 1 mln 236 ming so‘m;
  • davlat raqamisiz yurganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m;
  • tezlikni soatiga 20 kilometrdan oshirganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;
  • tezlikni soatiga 20 kilometrdan 40 kilometrgacha oshirganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m;
  • tezlikni soatiga 40 kilometrdan oshirganlik uchun jarima — 3 mln 708 ming so‘m;
  • qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqish uchun jarima — 4 mln 120 ming so‘m;
  • mastlik holatida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun jarima — 6 mln 180 ming so‘m va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
  • mast holda transport vositasini boshqarish uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
  • tusi o‘zgartirilgan oynali (tonirovkali) transport vositasidan ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m;
  • oynalari qoraytirilgan transport vositasidan ruxsatnomasiz bir yil davomida takroran foydalanganlik uchun jarima — 8 mln 240 ming so‘m.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzbekistan Airways Toshkent va Andijon o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Uzbekistan Airways Toshkent va Andijon o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan beri $3,1 mlrdga oshdi
/
Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan beri $3,1 mlrdga oshdi
Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasiga yangi talablar joriy etiladi
/
Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasiga yangi talablar joriy etiladi