31.3.2026 | 16:39
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
Markaziy bank 1-aprel uchun xorijiy valyutalarning yangi kurslarini belgiladi
Фото: Артём Левин / Kapital.uz
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 aprel kuni amalda bo‘ladigan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar kursi 12 194,21 so‘mni (-16,50) tashkil qildi. Yevro kursi 51,89 so‘mga tushib, 13 984,32 so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum bo‘ldi:
- funt-sterling —16 113,43 so‘m (-48,67);
- rubl — 149,97 so‘m (-0,39);
- xitoy yuani — 1 765,33 so‘m (-1,65);
- yapon yeni — 76,38 so‘m (-0,13);
- tenge — 25,53 so‘m (+0,14).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ