“PayPal”, “Apple Pay” va “Google Pay” tez orada O’zbekistonda ishlay boshlaydi

Ularni milliy to'lov tizimlariga integratsiya qilish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda

“PayPal”, “Apple Pay” va “Google Pay” tez orada O’zbekistonda ishlay boshlaydi

“PayPal”, “Apple Pay” va “Google Pay” mobil to’lov tizimlari tez orada O’zbekistonda ishlay boshlaydi. Bu haqda “Lex.uz”da nashr etilgan hujjatdan ma’lum bo’ldi.

2024-yil oxirigacha Markaziy bank, raqamli texnologiyalar vazirligi va turizm qo’mitasi “PayPal”, “Alipay”, “UniPay”, “Apple Pay” va “Google Pay” kabi eng yirik xalqaro onlayn to’lov tizimlari bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. Ularning maqsadi ushbu xizmatlarni O’zbekistonning milliy to’lov tizimlari va bank xizmatlariga integratsiya qilishdir.

Agar kerak bo’lsa, ushbu xizmatlarni ulashni osonlashtirish uchun milliy qonunchilikka o’zgartirishlar kiritiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi korxonalariga IT Park imtiyozlari beriladi
/
Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi korxonalariga IT Park imtiyozlari beriladi
“Toshkent” fond birjasi UCI indeksini uchta yangi UPI indeksiga almashtiradi
/
“Toshkent” fond birjasi UCI indeksini uchta yangi UPI indeksiga almashtiradi
Davlat aktivlari agentligining binosi 251,6 mlrd so‘mga sotildi
/
Davlat aktivlari agentligining binosi 251,6 mlrd so‘mga sotildi