OSON xizmat safarlari va sayohatlar uchun foydali eSIMni ishga tushirdi
Sayohat va xizmat safarlari nafaqat parvozlar va yangi taassurotlar, balki barqaror aloqaga bo‘lgan doimiy ehtiyojni ham o‘z ichiga oladi

Bugungi kunda internetsiz qiyin: Zoom’da ish uchrashuvi, navigatorda marshrut yoki shunchaki qarindoshlardan xabar. Ammo rouming qimmat, SIM-kartalarni joyida xarid qilish esa noqulay va xavfsiz emas. Ayniqsa, boshqa mamlakatda bo‘lganingizda va kuningiz daqiqalarga bo‘lingan bo‘lsa.
OSON jamoasi foydali va o‘z vaqtidagi yechimni ishga tushirdi — bu xalqaro eSIM xizmati bo‘lib, xorijda internetga bir necha daqiqada ulanish imkonini beradi. Ofisga tashrif buyurmasdan, pasportsiz va ortiqcha yugur-yugursiz. Hammasi bevosita ilovada.
OSON eSIM nima va u qayerda ishlaydi
Har safar «Simkani qayerdan sotib olish mumkin?» degan savolga qaytmaslik uchun OSON bir necha bosish bilan faollashtirish mumkin bo‘lgan eSIMni ishga tushirdi. Bu klassik jismoniy SIM-kartalarga muqobil bo‘lgan to‘liq raqamli va O‘zbekistonda allaqachon mavjud yechimdir.
eSIM — bu telefonga qo‘yish shart bo‘lmagan virtual SIM karta. U QR-kod orqali faollashtiriladi va smartfon xorijdagi uyali aloqa tarmog‘iga ulanadi. Bu qulay, tez va xavfsiz.
OSON xizmati dunyoning 177 dan ortiq mamlakatlarida ishlaydi. Foydalanuvchi mamlakatni, mos tarifni tanlaydi va bir necha daqiqada ulanadi. Barcha mashhur yo‘nalishlar qo‘llab-quvvatlanadi: Turkiya, BAA, Janubiy Koreya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Qozog‘iston, Rossiya va boshqalar.
Bu kimlar uchun ayniqsa dolzarb
Chet el safarlarida mobil internetga ulanish inson duch keladigan dastlabki amaliy masalalardan biridir. Unga nafaqat qulaylik, balki tezda ishga kirishish, joyda mo‘ljal olish yoki shunchaki yaqinlar bilan aloqada bo‘lish imkoniyati ham bog‘liq.
Ko‘pincha eSIM yechimi aloqa zarur bo‘lganlarga foydali bo‘ladi. Xizmat safarlarida qo‘shimcha sozlamalarsiz va mahalliy operatorlarni qidirmasdan tezkor aloqaga chiqish muhimdir. Sayohatchilarga eSIM til to‘sig‘idan qochish va kelganida SIM-karta sotib olish bilan shug‘ullanmasdan vaqtni tejash imkonini beradi. Farzandlari chet elda — o‘qishda yoki safarda bo‘lgan ota-onalar uchun esa aloqa parvozdan oldin yo‘lga qo‘yilgani va asosiy raqamni almashtirishni talab qilmasligi muhimdir.
Yana nimalarni bilish muhim
eSIM sayohatda haqiqatan ham foydali vositaga aylanishi uchun yana bir nechta jihatlarni hisobga olish kerak.
- eSIM kartani xorijga chiqishdan oldin ham o‘rnatishingiz mumkin;
- Asosiy SIM-karta va messenjerlarga kirish imkoniyati saqlanib qoladi;
- eSIM xavfsizdir: hech kim undan sizning QR-kodingiz bo‘lmasa foydalana olmaydi;
- eSIM to‘lovlarini Qozog‘iston, BAA va boshqa mamlakatlarning xalqaro kartalaridan amalga oshirish mumkin;
- eSIM O‘zbekiston aholisi uchun ham, boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun ham mavjud;
- Hammasi xalqaro operatorlar bazasida ishlaydi, bu esa sifatni kafolatlaydi.
OSON eSIM’ni haqiqatan ham qulay yechimga aylantiradigan narsa — bu tafsilotlarga e’tibor qaratishdir. Ulanish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi va to‘liq ilova orqali amalga oshiriladi, pasport ko‘rsatish yoki navbatda turish shart emas. Foydalanuvchi asosiy SIM-kartani saqlab qoladi, eSIM esa parallel ravishda ishlaydi — QR-kodni skanerlash kifoya. Balansni bank kartangizdan yoki bevosita OSON ilovasi orqali to‘ldirishingiz mumkin.
Ta’til va ish safarlari mavsumidagi must have
Yozgi mavsum an’anaviy ravishda sayohatlar bilan birga keladi — bu ta’til, xizmat safari yoki xalqaro tadbirlarda ishtirok etish bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda barqaror internet hashamat emas, balki asosiy zaruratga aylanadi. Uchishdan oldin eSIMni ulash, ortiqcha xarajatlardan qochish va aloqada qolish — bu rejalashtirish masalasidir. OSON yechimi sayohatga oldindan tayyorgarlik ko‘rish va yo‘ldagi ortiqcha stressdan xalos bo‘lishning qulay usulini taklif etadi
Ilova: app.osonesim.com
Instagram: @oson_esim
Aloqa uchun raqam: +998 (71) 207-80-80
Больше новостей про финансы и бизнес в Телеграм-канале @KPTLUZ