O’zbekistonda kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasini 200 mln so’mgacha cheklash taklif qilindi

Omonatchilar bank aktivlari hisobidan ushbu miqdordan ortiq mablag'ni qaytarib olishlari mumkin

O’zbekistonda kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasini 200 mln so’mgacha cheklash taklif qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi o’qishda “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini yangi tahrirda qabul qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasida omonatlarni kafolatlash tizimini isloh qilish, shu jumladan bank tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash, uni ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga loyihada aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash uchun iqtisodiy inqirozlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirish maqsadida kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi 200 mln so‘m etib belgilanadi. Ushbu miqdor bugungi kunda mamlakatimizda 99,7% omonatchilarning banklardagi mablag‘lari to‘liq kafolatlanishini ta’minlaydi.

Shuningdek, kafolatlangan omonat miqdorining cheklangani bilan banklar fuqaroviy javobgarlikdan ozod etilmaydi va ular omonatchilari oldida o‘zining mol-mulki bilan javobgar bo‘lishadi.Omonatchilar pul mablag‘larining kafolatlangan hajmdan oshgan qismini bankdan talab qilish huquqiga ega bo’ladilar.

Kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi muayyan shaxsning faqat bitta bankdagi omonatiga tatbiq etiladi, ya’ni ushbu shaxs bir vaqtning o‘zida bir nechta banklarda o‘z omonatlariga ega bo‘la turib, mazkur banklarning barchasi tugatilgan taqdirda ham qonun loyihasi bilan yaratilayotgan tizim barcha omonatlarni bir xilda kafolatlaydi.

Jahon banki ekspertlari tomonidan respublikamizdagi banklarning “Omonatlarni kafolatlashning samarali tizimi asosiy tamoyillari”ga muvofiqligi o‘rganilganda, 16 ta asosiy tamoyildan 8 tasi bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin emasligi yoki bunday maqsadlarga zid qoidalar mavjudligi aniqlangan.

Больше новостей про финансы и бизнес в Телеграм-канале @KPTLUZ

tg

Материалы по теме

Премиальный жилой комплекс Modera Towers получил кадастр
/
Премиальный жилой комплекс Modera Towers получил кадастр
Новые правила для финансового рынка и страховых компаний
/
Новые правила для финансового рынка и страховых компаний
В Узбекистане запретят приватизировать ботанические сады и парки
/
В Узбекистане запретят приватизировать ботанические сады и парки