Transport vazirligi: uchta viloyatga jami 32 ta yangi avtobuslar olib kelindi

Aprel oyida Navoiy viloyatiga yana 42 dona sotib olish rejalashtirilgan

Transport vazirligi: uchta viloyatga jami 32 ta yangi avtobuslar olib kelindi

Transport vazirligi xabar berishicha, respublikaning bir necha viloyatlariga yangi avtobuslar olib kelinmoqda. 

Xususan, 18-mart kuni brutto-shartnoma asosida Sirdaryo viloyatiga 12 dona, Navoiy viloyatiga esa 18 dona “ZHONGTONG” rusumli avtobuslar olib kelindi.

Aprel oyida Navoiy viloyatiga yana 42 dona YUTONG avtobuslari sotib olish rejalashtirilgani aytiladi xabarda. 

Bundan tashqari, 19-mart kuni “Toshloq avto servis” korxonasi tomonidan shaharga Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “YUTONG” rusumli 12 dona zamonaviy avtobuslar sotib olingan

Mazkur avtobuslar brutto-shartnoma asosida yo‘nalishlarga biriktiriladi. Joriy yil yakuniga qadar yana 60 dona avtobuslar olib kelish ko‘zda tutilgan.

Mart oyi boshida Angrenga 15 ta yangi avtobus keltirilgandi

Shuningdek, yil davomida Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelishini haqida xabar berilgandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
/
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
/
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi