“O‘zbekiston temir yo‘llari”da yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 50 tagacha oshiriladi

2030-yilda yo‘lovchi tashish hajmi 20 mlnga yetkazish rejalashtirilgan

“O‘zbekiston temir yo‘llari”da yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 50 tagacha oshiriladi

Kapital.uz avval xabar berganidek, 13-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish rejalari to‘g‘risidagi taqdimot bilan tanishdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi Zufar Narzullayev ma’lum qilishicha, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hamda qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak hisobidan yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 40 tadan 50 tagacha oshirilishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soha oldiga 2030-yilga borib yo‘lovchi tashish hajmini 10 mlndan 20 mlngacha oshirish vazifasi qo‘yilgan. Buning uchun 23 ta qo‘shimcha elektropoyezd joʻnatish zarur.

Tezyurar poyezdlar xarid qilish topshiriqlarini oldik. Oltitasining ta’minotini kelgusi yil — 2026-yil qilamiz. 2030-yilgacha yana sakkizta. Bu poyezdlar Toshkent — Termiz va Toshkent — Andijon yo‘nalishlarida, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi tarkib zarur bo‘lgan tog‘li hududlarda harakatlanadi, — dedi u.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning sof foydasi 2025-yil yakuni bo‘yicha 25 barobarga oshishi mumkin.

Kompaniya 2023-yilni 2,23 trln so‘m zarar bilan yakunlagan, 2024-yilda esa so‘nggi yillarda ilk bor foyda ko‘rib — 46,6 mlrd so‘m. Joriy yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 857,4 mlrd so‘mgacha ($71,6 mln) oshdi. Yil oxiriga qadar foyda 1,2 trln so‘mni (joriy kurs bo‘yicha qariyb $100 mln) tashkil etishi kutilmoqda.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovga ko‘ra, maqsad xarajatlarni kamida 20% ga kamaytirish, shuningdek, xizmatlar turlaridan kelib chiqqan holda tariflarni bosqichma-bosqich pasaytirishdan iborat.

2030-yilga kelib sanoat infratuzilmasini modernizatsiya qilishni, poyezdlar parkini yangilashni va raqamli texnologiyalarni, jumladan, sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv tizimlarini joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Temiryoʻl infratuzilmasi va xizmat sifatini oshirish maqsadida keng ko‘lamli modernizatsiya rejalashtirilgan. Jumladan, 250 ta yangi yo‘lovchi vagoni quriladi, 23 ta shaharlararo elektropoyezd xarid qilinadi, 10 ming yuk vagoni yangidan qurilib, 6 mingdan ortig‘i taʼmirdan chiqariladi. Shuningdek, 12 ta elektrovoz kapital taʼmirdan o‘tkaziladi. Transport vazirligiga ko‘ra, ayniqsa Toshkent va uning aglomeratsiyasi yo‘nalishlari uchun 23 ta elektropoyezd xarid qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Marketing dunyosini tushunish: oddiy tilda asosiy tushunchalar
/
Marketing dunyosini tushunish: oddiy tilda asosiy tushunchalar
O‘zbekistonda oltin narxi oshdi
/
O‘zbekistonda oltin narxi oshdi
O‘zbekistonga “Hyundai Rotem”ning tezyurar elektr poyezdlari dekabrdan yetkazib berila boshlaydi
/
O‘zbekistonga “Hyundai Rotem”ning tezyurar elektr poyezdlari dekabrdan yetkazib berila boshlaydi