Prezident Mirziyoyev Urgutda yangi aeroport qurilishini va’da qildi
Hududda, shuningdek, 35 ta davlat tashkilotini o‘zida birlashtiradigan yagona ma’muriy markazlar ham barpo etiladi
Фото: пресс-служба президента
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida yangi aeroport qurilishini va’da qildi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali reportajida ma’lum qilingan
Noyabr oyida prezident Samarkand–Urgut yo‘nalishi bo‘yicha yangi temiryo‘l qurilish jarayoni bilan tanishgandi. Ushbu yo‘l qurilish ishlari joriy yil fevral oyida boshlangan bo‘lib, obyektni foydalanishga topshirish 2025-yil oxiriga mo‘ljallangan.
Jamoatchilik vakillari bilan poyezdda amalga oshirilgan tashrif davomida davlat rahbari transport infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘llarni elektrlashtirish va atrof hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shu paytda fuqarolik aviatsiyasi masalasi ham ko‘tarildi. Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, istiqbolda hudud aholisi uchun qulaylik yaratish va logistika rivojini ta’minlash maqsadida aeroport qurilishi rejalashtirilgan.
Viloyat kengashi yig‘ilishida ham ushbu hududning iqtisodiy ahamiyati qayd etildi. Hozirda Urgut aholisi 600 mingdan ortiq bo‘lib, mahalliy erkin iqtisodiy zonada umumiy qiymati $860 mlnlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa tumaning yirik sanoat markaziga aylanayotganini ko‘rsatadi.
Urgutni zamonaviy shaharga aylantirish va yanada urbanizatsiya qilish maqsadida 100 ming nafar aholiga mo‘ljallangan eko-shaharchalar qurilishi e’lon qilindi. Zarur kommunikatsiyalar — ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr ta’minoti, yo‘llar — hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun $50 mln ajratilmoqda. Shuningdek, 3 gektar hududda 35 ta davlat tashkilotini o‘zida birlashtiradigan yagona ma’muriy markaz barpo etiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ