Xitoy jamg‘armasi O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga toza ichimlik suvi yetkazib beradi

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamg’arma vakillari bilan bu bo‘yicha kelishuvga erishdi

Xitoy jamg‘armasi O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga toza ichimlik suvi yetkazib beradi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “GX” jamg‘armasi raisi Lyan Chjenin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik va do‘stona aloqalar izchil rivojlanayotgani, ayniqsa sog‘liqni saqlash sohasidagi investitsiyaviy loyihalar buni yaqqol tasdiqlayotgani ta’kidlandi.

2024–2025-yillar davomida 350 nafardan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyda o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib, malakasini oshirdi. Shuningdek, xitoylik shifokorlar bilan hamkorlikda o‘tgan besh yil ichida 3 mingdan ziyod bemorlarga, jumladan, katarakta tashxisi qo‘yilganlarga muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Muloqot yakunida “GX” jamg‘armasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinib, O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga toza ichimlik suvi yetkazib berish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mehnat kodeksidagi yiliga 120 soatlik qo’shimcha ish cheklovi bekor qilindi
/
Mehnat kodeksidagi yiliga 120 soatlik qo’shimcha ish cheklovi bekor qilindi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasayishda davom etmoqda
O‘zbekistonda banklar xususiylashtirilishi “O‘zsanoatqurilishbank” dan boshlanadi
/
O‘zbekistonda banklar xususiylashtirilishi “O‘zsanoatqurilishbank” dan boshlanadi