Qozog‘istonda AES uchun reaktorlarning potensial yetkazib beruvchilari ma’lum qilindi
Xorijiy kompaniyalarning takliflari idoralararo komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

Фото: Известия
25-fevral kuni Qozog‘iston atom sanoatini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatdagi birinchi AES uchun reaktor texnologiyasining potensial yetkazib beruvchilari takliflari muhokama qilindi.
Komissiya tarkibiga Qozog‘iston Respublikasi davlat organlari, shuningdek, atom va energetika sohalari tashkilotlari vakillari kiritilgan.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, komissiya reaktor texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi yetkazib beruvchilarining takliflarini o‘rganmoqda. Avvalroq “short-list”ga kiritilgan kompaniyalarga texnologik yechimlar, xavfsizlik tizimlari, moliyalashtirish shartlari va ekologik jihatlar bo‘yicha batafsil savollar yuborilgan edi.
Hozirda “CNNC” (XXR, HPR-1000 reaktori), “Rosatom” (RF, VVER-1200 reaktori), “KHNP” (Janubiy Koreya, APR-1000, APR-1400 reaktorlari) va “EDF” (Fransiya, EPR1200 reaktori) kompaniyalari potensial yetkazib beruvchilar sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Bildirilishicha, reaktor yetkazib beruvchilarning takliflarini o‘rganish ishlari davom ettiriladi. “Yakuniy qaror barcha omillarni hisobga olgan holda va Qozog‘iston Respublikasi manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinadi”, – deya aniqlik kiritdi vazirlik.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ