O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk poyezdlar almashinuvini sutkasiga 35 juftgacha oshiradi

Shuningdek, har kuni O‘zbekistonga kamida 10 ta don ortilgan va 5 ta oziq-ovqat mahsuloti tashuvchi tarkib qabul qilinadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk poyezdlar almashinuvini sutkasiga 35 juftgacha oshiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk poyezdlarining o‘zaro almashinuvini sutkasiga 35 juftga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.

7 dekabr kuni Toshkentda, “Saryog‘osh” chegara stansiyasida ikki davlat vakolatli idoralari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar O‘rta Osiyo va Afg‘oniston yo‘nalishi bo‘yicha don yuklarini uzluksiz tashishni ta’minlash yuzasidan qo‘shma choralarni kelishib oldi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, sutkasiga 35 juft poyezd almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek har kuni O‘zbekiston tomonidan kamida 10 ta don ortilgan tarkib va 5 ta oziq-ovqat mahsuloti tashuvchi tarkibni qabul qilish belgilandi.

Tomonlar vagon aylanishini tezlashtirish, tushirish yo‘llarining samarali ishlashi hamda mas’ul xizmatlarning dam olish va bayram kunlarida ham kun-u tun faoliyat yuritishi zarurligini qayd etdi.

Don yuklari bo‘yicha yuklash-tushirish balansi ta’minlanishi uchun eksport rejalari O‘zbekistondagi qabul qiluvchi korxonalar quvvatidan kelib chiqib tuziladi. Shuningdek, bo‘sh vagonlar aylanmasi muvofiqlashtiriladigan bo‘ldi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, kelishuv logistika zanjirlarini barqarorlashishiga yordam beradi va Qozog‘iston donining O‘zbekiston hamda boshqa bozorlariga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi.

Joriy yilning 11 oyida ikki davlat o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 28,5 mln tonnani tashkil qilib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 16%ga oshdi. Don tashish hajmi esa 32%ga ko‘payib, 5,6 mln tonnaga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Telegramda Wallet xizmati ishga tushirildi
/
O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Telegramda Wallet xizmati ishga tushirildi
Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan ommaviy ravishda pul yechib olindi
/
Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan ommaviy ravishda pul yechib olindi
Netflix Warner Bros.’ni $72 mlrdga sotib olmoqda
/
Netflix Warner Bros.’ni $72 mlrdga sotib olmoqda