O‘zbekiston va Janubiy Koreya robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
“Uzeltеxsanоat” assotsiatsiyasi Janubiy Koreyaning Robotis kompaniyasi bilan yangi soha uchun ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Фото: «Узэлтехсаноат»
“Uzeltеxsanоat” delegatsiyasi Janubiy Koreyada Robotis kompaniyasi bilan O‘zbekistonda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Janubiy Koreyada O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarlik qildi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda yuqori texnologiyalar va sanoat sohalaridagi tashabbuslarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarda “Uzeltеxsanоat” rais o‘rinbosari Faridunshoh Abdulalimov ham qatnashdi. Uchrajivning asosiy natijasi intellektual Dynamixel aktuatorlari va o‘quv texnologiyalariga ixtisoslashgan Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi bo‘ldi.
Hujjat O‘zbekistonda odamga o‘xshash robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Shuningdek, kerakli ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, texnologik infratuzilmani rivojlantirish va sohaga malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ