Donald Tramp “Oltin karta”lar sotib olganlarga AQSH fuqaroligi berilishini ma’lum qildi

Kartalarni ikki haftadan so‘ng $5 mln evaziga sotib olish mumkin

Donald Tramp “Oltin karta”lar sotib olganlarga AQSH fuqaroligi berilishini ma’lum qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp badavlat xorijliklarga $5 mlnlik “oltin karta” sotilishini aytdi. Bu chet elliklarga AQSHda yashash va ishlash huquqini berish bilan birga fuqarolik olish imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Biz oltin karta sotamiz. Sizda yashil karta bor. Bu esa oltin karta. Biz bu kartaning narxini taxminan 5 million dollar qilib belgilaymiz va u sizga yashil karta imtiyozlarini beradi, shu bilan birga, fuqarolikka erishish yo‘li bo‘ladi. Natijada bu kartani sotib olgan boy odamlar mamlakatimizga kirib keladi”, dedi siyosatchi.

Tramp kartalar sotuvi taxminan ikki haftadan so‘ng boshlanishini va millionlab shunday kartalar sotuvga qo‘yilishini ta’kidladi. 

AQSH savdo vaziri Govard Lutnik aytishicha, bu karta hukumatning EB-5 immigratsion investor vizasi dasturi o‘rnini egallaydi. Mazkur dastur xorijiy investorlarga AQSHda ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga sarmoya kiritish va keyin AQSHga ko‘chib kelish uchun viza olishga ariza topshirish imkonini beradi.

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmatlari veb-saytida ko‘rsatilishicha, 1992-yilda Kongress tomonidan tashkil etilgan EB-5 dasturi amerikalik ishchilar uchun ish o‘rinlari yaratish maqsadida kamida $1,050 mln yoki maqsadli bandlik hududlari deb ataladigan iqtisodiy qiyin ahvoldagi joylarga $800 ming sarmoya kiritgan muhojirlarga yashil karta berishi mumkin.

Tramp va uning oilasiga aloqador korxonalar ham yirik ko‘chmas mulk loyihalarini moliyalashtirish uchun ushbu dasturdan foydalangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qozog‘istonda AES uchun reaktorlarning potensial yetkazib beruvchilari ma’lum qilindi
/
Qozog‘istonda AES uchun reaktorlarning potensial yetkazib beruvchilari ma’lum qilindi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘qqizinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘qqizinchi kun tushmoqda
Sirdaryo viloyatiga $5mlrd investitsiya bilan 900 gektarlik sanoat zonalari tashkil qilinadi
/
Sirdaryo viloyatiga $5mlrd investitsiya bilan 900 gektarlik sanoat zonalari tashkil qilinadi