Janubiy vokzalni Toshkent viloyati bilan bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushiriladi

Yo‘nalishda 15-noyabrdan Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat ko‘rsatadi

Janubiy vokzalni Toshkent viloyati bilan bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushiriladi

15-noyabrdan Toshkent janubiy vokzalini Toshkent viloyati bilan bog‘lovchi 194-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

Yangi yo‘nalish Toshkent shahri “Janubiy vokzal” bekatidan Toshkent viloyati “Niyozboshi mahallasi” bekatigacha harakatlanadi. Yo‘nalishda Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Harakat vaqti:

  • ish kunlari: 05:30 — 23:10 (11 ta avtobus)
  • shanba: 05:30 — 22:25 (10 ta avtobus)
  • yakshanba: 06:07 — 22:02 (9 ta avtobus)

Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kungi yig‘ilishda endi Toshkent shahri vaviloyatlararo qatnov bo‘yicha alohida yondashuv bo‘lishi, xususan, Toshkent halqa yo‘ligacha kelayotgan 20 taavtobus yo‘nalishi 15−20 kilometrga uzaytirilib, yana yangi 6 tamarshrut qo‘shilishini ma’lum qilgandi. Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda, deya qayd etdi tashkilot.

Eslatib o‘tamiz, 13-oktabr kuni Toshkent Xitoydan keltirilgan 202 ta yangi Yutong elektrobuslarini qabul qilib oldi. Ular hisobidan:

  • qo‘shimcha 4 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilishi;
  • amaldagi 6 ta yo‘nalish qatnov yo‘li o‘zgartirilishi;
  • amaldagi 4 ta yo‘nalish jadvallari soni oshirilishi ma’lum qilingan edi.

Toshkent viloyatida tashkil etilgan 467, 470, 472, 473, 477-sonli avtobus yo‘nalishlari brutto-shartnomasi asosida harakatlanuvchi Toshkent shahri yo‘nalishlari hisobiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, Toshkent shahri va aglomeratsiya hududlarini qamrab olish maqsadida 2026-yilda qo‘shimcha 1000 ta avtobus olib kelinishi belgilangan. Bunda, Toshkent shahri yo‘nalishlari tarmog‘i, aholi punktlari va yangi turar joy obyektlaridan kelib chiqqan holda mazkur avtobuslar 48 ta yo‘nalishda brutto-shartnoma asosida harakatlanishi ta’minlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti “Toshkent-Humo” deb qayta nomlandi
/
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti “Toshkent-Humo” deb qayta nomlandi
O‘zbekiston BP kompaniyasini Ustyurt mintaqasida mahsulot taqsimotiga oid bitimga kiritish masalasini muhokama qilmoqda
/
O‘zbekiston BP kompaniyasini Ustyurt mintaqasida mahsulot taqsimotiga oid bitimga kiritish masalasini muhokama qilmoqda
Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
/
Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi