Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi

Shuningdek, reydlar davomida 58 issiqxona xo‘jaligiga jarima qo‘llanildi

Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 106 xo‘jalik faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 58 issiqxona xo‘jaligiga nisbatan esa ma’muriy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan 300 dan ortiq mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, ular nazorat tadbirlari olib bormoqda. Ular tomonidan 4869 obyekt o‘rganilib, ulardan 595 tasi issiqxona xo‘jaliklari (Toshkent viloyatida — 381 ta, Toshkent shahrida — 214 ta), 2265 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 1998 sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilmagan holatlar aniqlanib, ular bo‘yicha choralar ko‘rildi. Jumladan, dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan 58 issiqxona xo‘jaligiga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi, 106 xo‘jalik faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, 387 ta holat bo‘yicha ekologik talablarga muvofiqlashtirish hamda plyonka, avtoshina va o‘simlik qoldiqlarini yoqilg‘i sifatida foydalanmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston BP kompaniyasini Ustyurt mintaqasida mahsulot taqsimotiga oid bitimga kiritish masalasini muhokama qilmoqda
/
O‘zbekiston BP kompaniyasini Ustyurt mintaqasida mahsulot taqsimotiga oid bitimga kiritish masalasini muhokama qilmoqda
BYDning uchta yangi modeli O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi
/
BYDning uchta yangi modeli O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi
YTTB ikki yillik Star Ventures dasturiga arizalar qabulini boshladi
/
YTTB ikki yillik Star Ventures dasturiga arizalar qabulini boshladi