Telegram mumkin bo’lgan IPO’dan oldin $30 mlrdga baholandi

Shu bilan birga, Pavel Durov kompaniyani sotish imkoniyatini istisno qilishini ta'kidladi

Telegram mumkin bo’lgan IPO’dan oldin $30 mlrdga baholandi

Telegram mumkin bo’lgan IPO’dan oldin $30 mlrddan oshdi. Bu haqda messenjer egasi Pavel Durov «Financial Times» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Durov $30 mlrdlik baho, shu jumladan global texnologik fondlar tomonidan amalga oshirilganligini tasdiqladi. Biroq, u Telegramni sotishni rejalashtirmaganligini aytdi. Durov, shuningdek, IPO’ni Telegram qadriyatlariga kirishni kengaytirish imkoniyati deb bilishini ta’kidladi.

Messenjer auditoriyasi oyiga 900 million faol foydalanuvchiga yetdi. Durovning so’zlariga ko’ra, ikki yil oldin premium akkauntlar joriy qilingan va reklamalar ishga tushirilgan Telegram daromadi endi «yuz millionlab dollar»ni tashkil qiladi. Durovning ta’kidlashicha, Telegramdan kelgusi yil, agar 2024 yilda bo’lmasa, foyda o’lish mumkin.

Tadbirkor, shuningdek, mumkin bo’lgan IPO bilan Telegram o’zining doimiy foydalanuvchilariga aksiyalarning bir qismini taklif qilishni ko’rib chiqishini ta’kidladi. «Financial Times» bu harakatni mart oyida Nyu-Yorkda bo’lib o’tadigan IPO oldidan chakana investorlar uchun o’z aktsiyalarining bir qismini ajratishini e’lon qilgan Reddit platformasining harakatlari bilan bog’ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

«Toshkent» fond birjasi ikki kompaniya aksiyalarini delisting qildi
/
«Toshkent» fond birjasi ikki kompaniya aksiyalarini delisting qildi
O’zbekiston tabiiy gazni $360 milnga import qildi
/
O’zbekiston tabiiy gazni $360 milnga import qildi
O’zbekistonda dollar kursi yana pasayib ketdi
/
O’zbekistonda dollar kursi yana pasayib ketdi